
"Men barcha "Real" muxlislariga ularning ehtirosli qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu "El Klasiko" va bu o'yinlar har doim his-tuyg'ular va harakatlarga to'la. Biz xotirjam bo'lishga harakat qilamiz, garchi bu har doim ham oson bo'lmasa ham. Hech kimni xafa qilmoqchi emasdik — na yosh futbolchilarni, na muxlislarni. Biz shunchaki klubimiz ranglarini himoya qilish uchun maydonga chiqamiz va o'z vazifamizni bajarishimiz kerak, bugun aynan shunday bo'ldi. Hala Madrid", – dedi Vinisius.
"Real" – "Barselona" o'yini oxirida jamoalar o'rtasida janjal kelib chiqdi.
Avvalroq jamoa ustozi Xabi Alonso Vinisius Juniorning nojoiz xatti-harakatlariga munosabat bildirgan edi.