
Dilshod Rahmatov qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar futzal terma jamoasi musobaqa 3-turida mezbon Bahrayn bilan ro'baro' kelib, 13:0 hisobida zafar quchdi. Endi milliy jamoa pley-offda Eron bilan to'qnash keladi.
Bahrayn-2025. III Osiyo o'yinlari
"A" guruhi. 3-tur
Isa taun shahri. "Xalifa sport shaharchasi" sport majmuasi
Bahrayn – O'zbekiston 0:13
Gollar: Abdulboriy Ilyosov (3 ta), Nizomidin Ziyohiddinov (4 ta), Aziz Jaloliddinov, Izzat Aytbaev (2 ta), Timur Kallibekov, Izzatilla G'ulomov (2 ta)



Pley-off bosqichiga chiqqan jamoalar:
Afg'oniston – Tailand
Eron – O'zbekiston


Uchrashuvlar 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.