
Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, francuz klubi "Real" forvardini o'z safiga qo'shib olish uchun rasmiy so'rov yuborgan. Tomonlar yanvar oyida uni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
"Lion" allaqachon futbolchiga o'z rejasini taqdim etgan. Ijara muddati 2026 yilning iyuniga qadar bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Endrik barcha variantlarni keyingi oyda ko'rib chiqadi, biroq bu variantni qishda eng maqbul echim deb hisoblaydi, deya takidlaydi Romano.
19 yoshli hujumchi joriy mavsumda hali "Real" safida maydonga tushmadi.