
"Mavsumdagi maqsadlar? Men hech qachon o'zim uchun chegara qo'ymaganman. Maqsadim - jamoaga yordam berish va har bir gol urish imkoniyatidan foydalanish. Qanchalik ko'p gol ursam, sovrinlarni yutish imkoniyati shunchalik yaxshi bo'ladi. Meni maqsadi jamoamga maksimal tarzda yordam berish. Eng muhimi - men "Real Madrid" uchun qo'limdan kelganini qilaman", - dedi Mbappe.
Franciyalik futbolchi mavsumni ajoyib boshladi va "Qirollik klubi" safida 13 ta o'yinda 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.