iks
ads

MYU qishda APL yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • Mr.NoBoDy 01.11.2025 09:08
  • 646
  • 30

"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi.

Indykaila News xabariga ko'ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga tortmoqchi. "Qizil iblislar" London klubi bilan kelishuvga erishsa, braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi.

Lukas Paketaning o'zi yanvar oyida "Vest Xem"ni tark etishga tayyor. 28 yoshli futbolchi evropalik ambiciyalarga ega bo'lgan klubda o'ynamoqchi. Transfermarkt Lukas Paketaning narxini 35 million evroga baholamoqda. Hujumkor yarim himoyachi APLning joriy mavsumida to'qqizta o'yinda ikkita gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар