Uchrashuv "Rizespor" va O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi uchun omadsiz yakun topdi. 22-daqiqada avtogol qayd etgan Aliqulov 44-daqiqada raqib bilan kurash chog'ida jiddiy jarohat oldi.
"Bodrumspor" bilan bahsning 44-daqiqasida raqib bilan kurashib, jarohat orttirib olgan futbolchimiz Husniddin Aliqulov Rajab Toyib Erdo'g'an nomidagi universitet talim va tadqiqot shifoxonasida dastlabki tekshiruvdan o'tkazildi. Natijada uning burni va yanoq suyagida sinish aniqlandi, davolanish jarayoni esa boshlandi.
Aliqulovga salomatlik tilaymiz va tezroq safimizga qaytishiga umid qilamiz", – deyiladi Turkiya klubi bayonotida.