
"Inter Mayami" hujumchisi va sardori Lionel Messi MLS muntazam chempionatining ramziy terma jamoasiga saralab olindi. Jamoa tarkibi jurnalistlar, liga o'yinchilari va murabbiylar tomonidan shakllantirildi. 38 yoshli argentinalik futbolchi mavsumning birinchi qismida 29 ta gol urib, eng samarali hujumchi bo'ldi.
Yil jamoasining to'liq tarkibi quyidagicha:
Darvozabon: Deyn Sen Kler ("Minnesota Yunayted");
Himoyachilar: Tristan Blekmon ("Vankuver Uaytkeps"), Aleksandr Friman ("Orlando Siti"), Yakob Glesnes ("Filadelfiya Yunion"), Kay Vagner ("Filadelfiya");
Yarim himoyachilar: Sebastyan Berxalter ("Vankuver"), Evander ("Cincinnati"), Kristian Roldan ("Sietl Saunders");
Hujumchilar: Deni Buanga ("Los-Anjeles"), Anders Dreyer ("San-Diego"), Lionel Messi ("Inter Mayami").