iks
ads

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi kecha nima uchun ko‘k futbolka va oq shortikda o‘ynadi?

  • Mr.NoBoDy 06.11.2025 10:44
  • 407
  • 30

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi kecha Paragvayga qarshi JCHning ilk o‘yinida biroz noodatiy formada o‘ynadi. Jamoamiz ko‘k futbolka, oq shortik va oq getrada maydonga tushadi.

Odatda esa jamoalarimiz yo to‘liq oq formada, yoki to‘liq ko‘k formada o‘ynar edi. Bunday noodatiy formada maydonga tushish sababini Alisher Nikimbayev quyidagicha  tushuntirdi:

"Dastlab FIFAning musobaqa oldidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston jamoasiga o‘zining an’anaviy to‘liq oq libosida o‘ynashga ruxsat berilgan edi. Biroq o‘yin kuni ma’lum bo‘lishicha, har ikki jamoaning asosiy formasi rang jihatdan bir-biriga juda o‘xshash ekan: Paragvay qizil-oq futbolkada, O‘zbekiston esa to‘liq oq formada chiqishi kerak bo‘lgan.

Paragvay esa rasmiy protokolda “A jamoa” sifatida ko‘rsatilgani uchun libosni o‘zgartirish majburiyati O‘zbekistonga yuklatildi. Shu sababli bizning yigitlar oq futbolka o‘rniga ko‘k futbolka kiyishdi, ammo shortik va getralar oq rangda qoldi.

Bunga sabab — Paragvay terma jamoasining asosiy libosida shortik va getralar ko‘k rangda edi. O‘zbekiston to‘liq ko‘k rangli formada harakat qilganida shortik va getralarning rangi raqibniki bilan bir xil bo‘lib qolardi. Natijada jamoamiz o‘yinni noodatiy ko‘rinishda — ko‘k futbolka, oq shortik va oq getralarda o‘tkazdi".

Ўхшаш янгиликлар