iks
ads

Ali Ashur: “O'yinchilarimdan xursandman, 0:0 hisobidan xursand emasman”

  • Mr.NoBoDy 06.11.2025 10:40
  • 49
  • 30

“Al Xaldiya” - “Andijon" (0:0) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ali Ashur qatnashdi.

- Natija uchun qattiq harakat qildinglar. O'yin haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, biz uch ochko olish uchun harakat qildik. Ammo o'yin 0:0 bilan tugadi. Bu “Andijon”ni to'rtinchi o'yiniki, gol ham urmayapti, gol ham o'tkazmayapti. Biz qattiq harakat qildik. 100 foiz kurash olib bordik. Statistakaga qarasanglar ham, 63 foizga to'pga egalik qildik. 18-marta zarba berdik, 8-marta burchakdan to'p uzatdik. O'yinni nazorat qildik. 3-4-marta toza golli imkoniyatimiz bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Bizda penalti tepishimizga ham sabab bo'lgandi. Biroq hakamni qarori boshqacha bo'ldi. Umuman olganda, o'yinchilarimdan xursandman. Albatta, 0:0 hisobidan xursand emasman.

- Andijonda ham 0:0 bo'lgan va bu erda ham shu hisob qayd etildi. Siz uchun qaysi o'yin qiyinroq o'tdi?

- Albatta, Andijondagi uchrashuv eng qiyini bo'lgandi. Chunki ularda imkoniyatlar ko'p bo'lgan, biz bunga yo'l qo'yib bergandik.. Xatoimiz sababli bir nechta qarshi hujumlar uyushtirishdi. Bugun futbolchilarimga aytdimki, xato qilmanglar va raqibga imkoniyat yaratib bermanglar dedim. Bugungi o'yinda raqibda xavfli vaziyatlar bo'lganini eslay olmayapman. Lekin Andijondagi o'yinda bizni xatolarimiz tufayli ularda imkoniyat bo'lgandi.

- Stadionda ko'proq muxlislarni kutgandik. Ammo deyarli bo'sh tribunalarni ko'rdik. Ishqibozlarsiz o'ynash sizlar uchun zerikarli emasmi?

- Bilasizmi, bizning klubimiz 2020 yili tashkil topgan. Bizda kichik muxlislar bazasi bor.  Bu narsa futbolchilar oilasi uchun muhim. Endigina fan klub tashkil topganiga 5 yil bo'lyapti. Bir necha yil ichida fan klub ko'payadi. Ha, biz ko'proq muxlis kelishini kutgandik. Lekin eng muhimi, kichik bo'lsa-da, ishqibozlar bizni qo'llab-quvvatlab turishdi.

Ўхшаш янгиликлар