
Saudiya Arabistonning "Al Nassr" jamoasi "Goa"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Eronning "Istiqlol" jamoasi mehmonda "Al Vihdat" jamoasi bilan 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etdi Mehmonlar safida Rustam Ashurmatov 90 daqiqa harakat qildi va Sofascore tomonidan 7,5 bahoga loyiq ko'rildi.
Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi ham ushbu turda mehmonda harakat qildi. Qo'shnilarimiz "Al Zavra"ga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
OCHL-2. 4-tur. 5 noyabr
A guruhi
Al Vihdat — Istiqlol Tehron 1:1
Gollar: Nabhan (19) — Ahmadi (38).
D guruhi
Al Nassr — Goa 4:0
Gollar: G'arib (35, 53), Marran (65), Feliks (84).
Az Zavra — Istiqlol Dushanbe 2:1
Gollar: Abdulkarim (7), Ibrohim (53, penalti) — Amir Jo'raboev (64, penalti).