
"Mening jarohatim va xafa bo'lganim haqida ko'p gaplar bo'ldi. Bularning barchasi yolg'on edi. Men shunchaki mashg'ulotlarga qaytishga va o'z darajamda o'ynashga harakat qilyapman — o'zimni yaxshi his qilyapman va o'zimdan zavqlanaman", - deb fikr bildirdi Yamal.
Xabarlarga ko'ra, Lamin Yamal qovuq qismida jarohat bor. Qayd etilishicha, jarohat surunkali holatga aylanishi mumkin.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda o'nta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.