
O'yin boshlanganidan bir necha daqiqa o'tgach, "Chelsi" yarim himoyachisi Romeo Laviya maydonda atigi 5 daqiqa haraqat qilganidan keyin jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmadi va 7-daqiqada maydonni tark etdi, uning o'rniga Moyzes Kaysedo tushirildi.

Bu belgiyalik xavbekning o'tgan mavsum boshidan beri oltinchi va ushbu mavsumdagi ikkinchi jarohati.
"Biz Romeo Laviyaga juda achinamiz. U hali uzoq vaqt maydonga qaytmasligi mumkin. Ko'ramiz. Jarohatning xususiyati haqida gapirishga hali erta. Menimcha, bu kvadriceps jarohati", – dedi Mareska uchrashuvdan so'ng.