iks
ads

Islom birdamligi o'yinlari. O'zbekiston Ozarbayjonga naqd 13 ta gol urdi!

  • Mr.NoBoDy 06.11.2025 19:40
  • 268
  • 30

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari musobaqasi davom etmoqda.

Nodir Eliboev bu gal ozarbayjonliklarni 13:2 hisobida taslim qildi. Terma jamoa dastlabki turda Saudiya Arabistonini 5:2 hisobida mag'lub etgandi. 

VI Islom birdamligi o'yinlari

"A" guruhi. 2-tur

O'zbekiston – Ozarbayjon 13:2

Saudiya Arabistoni. Ar Riyod. "Olimpiya" sport majmuasi

Gollar: Ixtiyor Ropiev 3', Abror Axmetzyanov 27', Ilhom Hamroev 28', Xayrulla Solixov 30', Akbar Usmonov 25', 32', Eldor Nigmatov 32', Muzaffar Ahadjonov 10', 23', 35', Muhammadali Husanboev 15', 18', 40' – Emil Hazanzade 11', Farid Abbasov 25'

Gol urilmagan penalti: Muzaffar Ahadjonov 2'

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1.Shavkat Ibragimov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 9.Elbek To'lqinov, 10.Shahram Faxriddinov.

Zaxira12.Abbos Elmurodov, 2.Abror Axmetzyanov, 3.Mashrab Odilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Akbar Usmonov, 8.Xayrullo Solixov, 11.Muzaffar Ahadjonov, 13.Eldor Nigmatov, 14.Muhammadali Husanboev.

Ozarbayjon (dastlabki beshlik): 1.Kamran Hajiev, 3.Kanan Manafov, 5.Eldar Zeynalov, 9.Murad Guluzade, 20.Farid Abbasov.

Zaxira2.Adalat Alakbarov, 4.Gudrat Gasimzade, 6.Mirza Amirov, 7.Emil Hazanzade, 8.Ulvi Aliev, 10.Nihad Ismayilov, 12.Javad Mammadov, 17.Oqtay Mahmudzada, 99.Oktay Rustamli.

Ўхшаш янгиликлар