
"O'yinchilarim katta hurmatga sazovor. Biz "Bayer"ga qarshi keyingi o'yinimiz oldidan yaxshi holatdamiz. Agar yana bir-ikkita g'alabaga erishsak, "Siti" kuchli sakkizlikka kirishga juda yaqin bo'ladi.
Har safar matbuot anjumaniga kirganimda, Holand qandaydir rekordni yangilaydi. Men u uchun xursandman. Erling bunga loyiq. Uning atrofida qancha ko'p yaxshi futbolchilar, unga shuncha engillik yaratiladi. Odatda top-klublarda shunaqasi ro'y beradi. Yaxshi o'yinchilar barchaning salohiyatini oshiradi", – dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy jadvalida 10 ochko bilan to'rtinchi o'ringa ko'tarildi, "Borussiya" esa 7 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.