
Bu jamoalarning birinchi davradagi o'zaro o'yinida "lochinlar" yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Olmaliqda kechgan oxirgi uchta o'yinda OKMK bu raqibga yutqazmgan. So'nggi bor "Navbahor" safarda Olmaliq jamoasini 2022 yilgi mavsumda mag'lub etishga erishgan edi - 2:1. O'shanda Namangan klubi safida ayni paytda "Neftchi"da o'ynayotgan Jamshid Iskanderov va Zoran Marushich urishgandi. OKMK tarkibida yagona golga Shohruh Gadoev mualliflik qilgandi.
