
"Andijon" klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniri guruh bosqichining to'rtta uchrashuvida ham bir xil – 0:0 hisobida durang o'ynadi. Shu orqali "burgutlar" o'ziga xos natija qayd etdi.
Malumotlarga ko'ra, bitta musobaqada bir xil durang qayd etgan jamoalar ichida Rossiyaning "Rostov" klubi o'ziga xos rekord qayd etgan.
"Sariq-ko'klar" 2017 yilning bahorida Rossiya chempionatining ketma-ket beshta o'yinida 0:0 hisobi qayd etgan. O'sha yilning yozida rostovliklar "Bunyodkor"dan Eldor Shomurodovni xarid qilgan.

Shuningdek, Angliyaning "Arsenal" va "Tottenxem", Italiyaning "Udineze" va "Komo" kabi klublari bitta musobaqada ketma-ket to'rt bellashuvda 0:0 hisobida durang o'ynagan.