iks
ads

A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi malum

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 13:32
  • 464
  • 30

"Napoli" yarim himoyachisi Frank Zambo-Angissa Italiya A Seriyasida munosib etirofga sazovor bo'ldi.

U liganing oktyabrdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Mukofot 22 noyabr, shanba kuni Neapoldagi Diego Armando Maradona nomidagi stadionda bo'lib o'tadigan "Napoli" – "Atalanta" o'yinidan oldin topshiriladi.

Zambo-Angissa muxlislarning ovoz berishi va individual statistikaga asoslanib, Federiko Bonaccoli ("Kremoneze"), Xakan Chalxanoglu ("Inter"), Nikoklo Kambiagi ("Bolonya"), Elia Kaprile ("Kalyari") va Rafael Leau ("Milan") kabi o'yinchilarni ortda qoldirdi.

Angissa o'tgan oy "Napoli"ning barcha o'yinlarida maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Italiya chempioni A Seriya turnir jadvalida "Inter"dan bir ochko oldinda borgan holda etakchilik qilmoqda. Antonio Konte jamoasi keyingi o'yinni 9 noyabr kuni safarda "Bolonya"ga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар