
Ayni paytda futbolchining Myunxenning "Bavariya" klubi bilan tugayotgan shartnomasi uzaytirilgani haqida malumot yo'q, shu bois hujumchi takliflarga ochiq. Insayderlarning fikricha, "Liverpul"da ustunlik bor, chunki APLda A Seriyadagiga qaraganda bir necha barobar ko'proq maosh taklif qilinadi.
Gnabri "Bavariya" safida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.