iks
ads

Flik Messini "Barselona"ga qaytishiga qarshi

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 10:32
  • 480
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lionel Messining jamoaga qaytishiga qarshi.

O'tgan yillardagidek, OAV argentinalik futbolchining MLS mavsumi oralig'ida qisqa muddatli ijara evaziga Kataloniya klubiga kelishi mumkinligi haqida faol gap-so'zlar tarqalmoqda. El Nacional nashrining yozishicha, Flik bunday kelishuvga astoydil qarshi. Nemis murabbiyining fikricha, 38 yoshli klub afsonasi bilan shartnoma imzolash jamoaga hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi.

Lionel Messi 2021-yilda “Barselona”ni tark etgan va keyinchalik PSJga tekinga o'tgan edi. Forvard 2023 yildan buyon AQSHda to'p surmoqda. Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi yaqinda "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi va bu jamoaga qaytish haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi.

Ўхшаш янгиликлар