VI Islom Birdamlik o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan futzal terma jamoamiz tantanali tarzda kutib olindi
Mr.NoBoDy 13.11.2025 09:32
354
30
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan VI Islom Birdamlik o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston milliy terma jamoasi mamlakatimizga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida futbolchilar hamda murabbiylar shtabini O'zbekiston futzal federaciyasi, futzal jamoatchiligi, futbolchilarning oila azolari hamda yaqinlari tantanali ravishda kutib olishdi.