iks
ads

Turkiya futbol federasiyasi katta tergov boshladi

  • Mr.NoBoDy 12.11.2025 22:44
  • 295
  • 30

Turkiya futbol federasiyasi (TFF) futbolchilar va hakamlar o‘yinlarga pul tikkan-tikmaganini aniqlash uchun intizomiy tergov boshladi. Bu haqda TFF matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Turkiya futbol federasiyasi futbol bo‘yicha intizomiy ko‘rsatma qo‘llaniladigan shaxslar futbolga pul tikkan-tikmaganini aniqlash uchun intizomiy tergov boshladi. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, intizomiy tergovga tortiladigan ma’lumotlar Sport Toto tashkiloti prezidiumiga qilgan murojaatimiz natijasida bizga taqdim etilgan rasmiy yozuvlar asosida to‘planadi," - deyiladi federasiya bayonotida.

Avvalroq OAVda noqonuniy garovlar bo‘yicha tergov doirasida 1 024 nafar futbolchi, jumladan, "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Trabzonspor" kabi 27 ta Superliga klubi futbolchilari o‘yinlarga garov qo‘ygani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TFF 149 nafar professional hakamda bukmekerlik kontoralari o‘yinlariga tikish uchun hisoblar aniqlangani sababli ularni 8 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatga o‘yinlardan chetlatgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, ayblanuvchilar bank hisobini deklarasiya qilmasdan, ro‘yxatdan o‘tishda beriladigan sovg‘a ballari yordamida garov o‘ynashlari mumkin bo‘lgan.

Ўхшаш янгиликлар