
"Los-Anjeles" hujumchisi Son Xyon Min mish-mishlarga qaramay, Yevropaga qaytmasligini aytdi.
Yaqinda matbuotda "Tottenxem"ning sobiq yulduzi yanvar oyida ijara asosida Yevropa klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi, hozircha AQSHda mavsumlar oralig‘ida tanaffus e’lon qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
"Men bu qishda "Los-Anjeles"ni tark etmayman va umuman hech qachon, shartnomam amalda ekan. Men klubimni hurmat qilaman. Hech qanday ijara va ketishlar bo‘lmaydi", - deya 33 yoshli forvardning javobini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Son Xyon Min avgust oyi boshida "Tottenxem"dan Amerika klubiga o‘tgandi. Transfer qiymati 22 mln yevroni tashkil etgan. Futbolchining mehnat shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.