iks
ads

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi faoliyatini yakunlaydi

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 07:55
  • 57
  • 30

"Beshiktosh" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafa Silva professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Turkiyaning Halk nashri.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi "Fenerbaxche"ga qarshi derbi oldidan klub prezidenti Serdal Adal bilan uchrashuvda o‘z istagini bildirgan. Ammo murabbiy futbolchini maydonga tushishga ko‘ndirdi.

"Men murabbiyni juda hurmat qilaman, lekin men qaror qabul qildim va u o‘zgarmaydi," - deya ta’kidladi portugaliyalik futbolchi.

Silva bu mavsumda barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golga hammualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар