
Fransiya terma jamoasi 2026 yilning bahorida Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin.
Canal+ xabariga ko‘ra, agar Fransiya shu oyda JCH-2026ga chiqsa, fransuzlar 28 mart kuni Bostonda braziliyaliklar bilan o‘ynaydi.
Braziliya terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo‘l olishni allaqachon kafolatlagan. Fransiya "D" guruhida peshqadamlik qilmoqda. JCH-2026 yo‘llanmasini kafolatlash uchun qolgan ikki o‘yinda bitta g‘alaba qozonish kerak.
13 noyabr kuni Fransiya Ukrainaga qarshi, 16 noyabrda esa Ozarbayjonga qarshi o‘ynaydi.