
Manbaning xabariga ko'ra, Kristensen allaqachon klubni tark etish istagini bildirgan.
Bundan tashqari, Istanbul jamoasi vakillari Levandovskining agentlari bilan bog'lanishgan. Xabar qilinishicha, polshalik hujumchi avvalroq Kataloniya klubida qolish istagi borligini malum qilgandi. Biroq boshqa variantlarni ko'rib, chiqishga tayyorligini malum qilgan.
Malumot uchun, har ikki futbolchining shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Joriy mavsum 37 yoshli hujumchi 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. 29 yoshli himoyachi esa joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.