iks
ads

"Manchester Yunayted" Onana bo'yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 15.11.2025 12:08
  • 1560
  • 30

"Trabzonspor" safida ijara asosida o'ynayotgan darvozabon Andre Onana "Manchester Yunayted"ning rejalaridan o'rin olmagan.

Turkiya klubi kamerunlik futbolchini sentyabr oyida ijaraga olgan edi. Bitim joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan va sotib olish imkoniyatini o'z ichiga olmaydi.

Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, "qizil iblislar" kelasi mavsumda darvozabonni tarkibga qaytarishni rejalashtirmayapti. MYU yangi kiper Senne Lammensdan mamnun, Onana esa katta ehtimol bilan qo'yib yuboriladi.

Andre Onana "Trabzonspor" safida sakkizta o'yinda maydonga tushib, jami ettita gol o'tkazib yubordi. 29 yoshli futbolchining Transfermarkt'dagi bahosi 20 mln evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар