
Bu haqda insayder Nikolo Skira yozmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga Evropaning nomi oshkor etilmagan klublari qiziqish bildirmoqda. Zirkzeening MYU bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 28 mln evroga baholamoqda.
Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted" safida jami 54 ta o'yin o'tkazib, ularda 7 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.