
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtayotgan “Al Ain International Cup” musobaqasining yarim final bahsida Misr terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Jamoamizning gollarida Oston Oʻrunov (dubl 4ʼ, 44ʼ ) mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain International Cup” musobaqasining final oʻyini 18-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da Eronga qarshi oʻtkazadi.



