
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Sadriddin Hasanov (24) bizdan, Tino Kusanovich (80) esa xorvatlardan gol urdi.
Penaltilar seriyasida darvozabonimiz Ne’matulloh Rustamjonovning qahramonligi g‘alaba keltirdi - 4:3.
Nimchorak finalda vakillarimizga Italiya raqiblik qiladi.