
"Penaltilarda yutqazish har doim og'ir, ayniqsa o'smirlar futbolida. Axir ular hali bolaku! Ularni yig'lab turgan holda ko'rish juda og'riqli. Biz juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik, birinchi bo'limda ular bizdan ancha harakat qilishdi. Markazdan ularni ko'p marotaba o'tkazib yubordik.
Tanaffusda uchta almashtirish qildik, o'yin uslubimizni, pressingni o'zgartirdik, maydonga ancha qatiy, jipslik va jasorat bilan qaytdik. Hisobni tenglashtirishga erishdik, ustunlikda qo'lga oldik, o'yin so'ngida imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. Agar Kusanovich o'sha payt darrov yiqilganida, ehtimol penalti bo'larmidi... O'yinni asosiy vaqtdayoq hal qilishni xohlagandik, lekin uddalay olmadik.
Penalti – lotereya emas, psixologiya. Penalti tepishni xohlamagan yigitlar anchagina bo'ldi, lekin tepganlarga katta rahmat aytaman. Turnirdagi ishtirokimiz yomon bo'lmadi – guruh bosqichida yaxshi o'ynadik, ettita gol bilan keyingi bosqichga chiqdik. O'yinchilarimga hech qanday etirozim yo'q. Bor kuchimizni berdik, uzoqqa borishni istagandik, chunki Doha bizga juda yoqdi.
Bu natija bizga saboq bo'ladi. Futbol 17 yoshda tugamaydi. Ularning rivojlanishi, ulg'ayishi davom etadi, kattalar futboliga o'tish jarayoni kechadi. Bu o'yin – ular xohlaydimi yoki yo'qmi, baribir eslab qoladigan bekat bo'ladi", – dedi 45 yoshli mutaxassis.