
Uchrashuvning 40-daqiqasida O'zbekiston yarim himoyachisi Azizbek Abdumo'minov sariq kartochka oldi.
Bu futbolchimizning mundialdagi ikkinchi sariq kartochkasi bo'ldi. Abdumo'minov agar O'zbekiston keyingi bosqichga chiqsa, 1/4 finalda maydonga tusha olmaydi.
Malumot uchun, Italiya - O'zbekiston o'yini g'olibi Uganda - Burkina Faso juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
