iks
ads

Reynders: "Men JCH-2022ni divanda tomosha qilganman. Bu safar butunlay boshqacha bo'lishi aniq"

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 19:16
  • 870
  • 30

Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Tijani Reynders Litva ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g'alaba va JCH-2026 final bosqichi yo'llanmasi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, biz birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda sal hushyorlikni yo'qotdik, lekin asosiy maqsad jamoa uchun yaxshi natijaga erishish va Jahon chempionatiga yo'llanma olish edi, biz bunga erishdik. Men JCH-2022ni uyda, divanda terma libosini kiygan holda tomosha qilardim. Bu safar men uchun butunlay boshqacha bo'ladi. Boshlanishini biroz kutishimiz kerak bo'ladi, lekin men bu turnirda birinchi marta o'ynashni intiqlik bilan kutyapman", – dedi 27 yoshli futbolchi.

Niderlandiya terma jamoasi 8 o'yinda 20 ochko to'pladi hamda "G" guruhi jadvalida birinchi o'rinni egallab, turnirning final bosqichiga yo'llanma oldi.

Ўхшаш янгиликлар