iks
ads

U-17 JCH. O'zbekiston Italiyaga yutqazib, ishtirokini nimchorak finalda yakunladi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 19:32
  • 389
  • 30

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Italiya – O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

U-17 Jahon chempionati. 1/8 final

Italiya – O'zbekiston 3:2

Doha. "Espayr" akademiyasi. 8-maydon

Hakamlar: Ivo Mendes, Saavedra Edvar, Antello Jezus (barchasi – Boliviya), Paulo Zanovelli (Braziliya)

Gollar: 1:0 – 19, Tomas Kampanello, 1:1 – 56, Amirxon Murodov, 2:1 – 68, Tomas Kampanello, 3:1 – 70, Dauda Iddrisa, 3:2 – 90+4, Azizbek Erimbetov

Italiya: 12.Alessandro Longoni, 2.Dauda Iddrisa, 4.Vinchenco Prisko (8.Alessio Baralla, 72), 6.Luka Rejani, 9.Tomas Kampanello (16.Benit Borasio, 83), 10.Samuele Inasio, 11.Destini Elimogale (20.Simone Lontani, 59), 13.David Marini (3.Jan Mambuku, 59), 15.Kristiano De Paoli, 17.Valerio Makkaroni (7.Andrea Luongo, 59), 18.Federiko Steffanoni.

Zaxira: 1.Franchesko Cereser, 21.Sebastyano Nava, 5.Leonardo Bovio, 14.Fabio Pandolfi, 19.Antonio Arena

O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 4.Mo'minxon Baxodirxonov, 5.Amirxon Murodov, 7.Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenbaev (20.Asilbek Aliev, 66), 11.Sayfiddin Sodiqov (17.Jamshidbek Rustamov, 74), 13.Abdulmalik Anvarov (14.Behruz Saidmurodov, 74), 15.Muhammadali Musaxonov (6.Miraziz Abdukarimov, 83), 16.Azizbek Abdumo'minov (10.Muhammad Habibullaev, 46), 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov.

Zaxira: 12.Bahodir Izboskanov, 21.Nematulloh Rustamjonov, 2.Qahramon Turg'unov, 8.Abdusamad Saidov

Ogohlantirishlar: Abubakir Shukurullaev (25), Azizbek Abdumo'minov (40)

Chetlatish: Asilbek Aliev (89)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi. O'zbekiston musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

90+4. GOOOOOL!!! Erimbetov hisobni qisqartirdi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

89. Aliev raqibga nisbatan nosportcha harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi. 

87. Aliev raqib darvozaboni bilan to'qnashdi. Hakam VAR orqali vaziyatni ko'rib, penalti belgilamadi.

86. O'zbekistonliklarning ketma-ket zarbalariga aniqlik etishmadi.

83. Ikki jamoada bittadan o'zgarish.

83. Italiyaliklarning xavfli hujumi ofsayd bilan yakunlandi.

80. Zarba! Kampanello deyarli birga-bir vaziyatda zarba yo'lladi, Shokirov oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

74. O'zbekistonda ikki o'zgarish.

72. Italiyada o'zgarish.

70. Afsus, qisqa vaqt ichida ketma-ket yana bir ko'ngilsiz hodisa ro'y berdi. Kommunal to'lovlar oshishini nazarda tutmayapman, Dauda Iddrisa hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.

68. GOL! Kampanello burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan O'zbekiston darvozasiga aniq yo'lladi.

66. O'zbekistonda o'zgarish.

61. Inasioning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Shokirov egalladi.

59. Italiya birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

56. GOOOOOL!!! O'zbekiston Italiya darvozasiga to'p kiritdi! Yo'q, men PlayStation haqida gapirmayapman. Murodovni yaxshi himoyachi deb hisoblamasligingiz mumkin, lekin undan yaxshi hujumchi chiqarkan.

53. Sodiqovning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

52. Habibullaevning zarbasi himoyachiga tegib, darvozabonga bordi.

51. Ismi taom nomiga o'xshaydigan futbolchi ofsaydda edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekistonda o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. Zarba! Standart vaziyatdan so'ng Makkaronining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

40. O'zbekiston jarima maydoni yaqinida Inasioni yiqitgan Azizbek Abdumo'minov ogohlantirildi. U keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.

37. Makkaronining zarbasini Shokirov egalladi.

34. Abdumo'minovninsh zarbasini Italiya darvozaboni qaytardi.

30. Penalti belgilanmadi. Bahodirov elka bilan o'ynagan bo'lib chiqdi.

28. Iddrisa raqib jarima maydonida yiqildi, hakam vaziyatni VAR orqali ko'rib chiqmoqda.

25. Abubakir Shukurullaev ogohlantirildi.

24. Musaxonov o'yin qoidasini buzdi.

22. Sarsenbev raqib jarima maydonida yiqildi. Hakam dastlab penalti belgiladi, so'ngra o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

19. GOL! Tomas Kampanello darvozabondan qaytgan to'pni O'zbekiston darvozasiga yo'llab, hisobni ochdi.

15. Hasanov yaxshi zarba berdi, biroq endi to'p yo'nalishi mobil o'yindagi singari boshqa tomonni ko'rsatib yubordi.

12. Inasioning zarbasidan so'ng O'zbekiston darvozaboni to'pga nisbatan universitetlarda kechikkan talabalarni kutib oladigan dekan o'rinbosariga o'xshash munosabatda bo'ldi.

9. Abdumo'minovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi to'pga oyog'ini qo'yishidan oldin qo'rqinchli tuyuldi.

7. Hasanovning jarimadan tepgan to'pi uzatmami yoki zarbami – zakovat bellashuvlari uchun tayyor savolga aylandi.

4. O'zbekistonliklarning zarbasi raqib himoyachisidan maydonni tark etdi.

1. O'yin boshlandi. Albatta, bugun hamyurtlarimiz O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashi shubhasiz. Biroq men Italiya uchun qayg'uraman. Sababi, bir necha kundan so'ng Turinda xalqaro kinofestival boshlanadi. Shu bois, mazkur mamlakat azolari vataniga o'z vaqtida qaytib, ajoyib filmlardan bebahra qolmasligini chin dildan istayman.


Jamoalar maydonga chiqishdi. Italiya ko'k, O'zbekiston oq liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар