iks
ads

Islom Ismoilov: "Provakaciyaga uchmaslikni yuz marta emas, ming marta tushuntirgandik. Shu sababli unga tanbeh berdim. Hozir hammasi yaxshi"

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 22:00
  • 59
  • 30

Qatarda o'tkazilayotgan U-17 Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan keyin Islom Ismoilov Asilbek Aliev bilan bo'lgan vaziyat haqida gapirdi.

"Futbolda bo'ladigan holat. Aliev bilan bo'lgan voqeani ko'pchilik tanqid qilmoqda. Biz birinchi navbatda vatan shani uchun o'ynayapmiz. Tanqid qilayotganlar ham bilsinki, biz bu erda o'zbek xalqining g'ururi, or-nomusi uchun maydondamiz. Bunday holatlarda xato qilish mumkin emas. Sarsenbaev bilan bo'lgan vaziyatni futbolchilarga misol qilib ko'rsatganmiz, ming marta takrorlaganmiz. Har qanday holatda ham emociyani nazorat qilishingiz kerak deb qayta-qayta aytganmiz. Sariq va qizil kartochkalarimiz o'zi ko'p deb tushuntirganmiz. Yigitlar esa osonlikcha provakaciyaga uchishdi. Mening jahlim chiqqaniga sabab, biz bu narsani yuz marta emas, ming marta tushuntirgandik. Shu narsalarni eshitib turib, yana shu ishni qildi. Asilbekka kerakli tanbehni berdim, bu uning faoliyati uchun foydali bo'ladi. Bunaqa holatda futbolchi jamoasini qiyin holatga solib qo'yishi mumkin. Echinish xonasiga kirganimizdan keyin men Alievga bir og'iz ham gapirmadim, qo'llab-quvvatladim. O'sha holatda o'zim uchun to'g'ri ish qildim deb o'ylayman. Bu yigitlar yosh bola emas, ular professional futbolga qadam qo'yyapti. 17 yoshli yigitni aqli joyida bo'ladi. Shu vaziyatda ogohlantirishlarga qaramay, bizni gapimizga qarshi ish qilgani uchun tanbeh berdim. Asilbek bilan hammasi yaxshi, uni ruhini ko'tarib qo'ydik. Bu normal holat, vahima qiladigan narsa yo'q. Hech kim, hech kimdan hafa emas", - deydi Islom Ismoilov.

Ўхшаш янгиликлар