
Iroq terma jamoasi JCH saralashi beshinchi bosqichida BAAni ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'l oldi. Iroqliklar g'alaba golini 90+17 daqiqada penaltidan kiritishdi. Ilk uchrashuvda ham 1:1 durang natijasi qayd etilgandi. BAA uchun Jahon chempionati orzusi shu nuqtada yakunlandi. Iroq terma jamoasi endi "FIFA pley-off" saralashida OFK nomidan ishtirok etadi. "FIFA pley-off" saralashida ikkita KONKAKAF, bittadan Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniya qitasidan jamoalar ishtirok etishadi. 2026 yilning mart oyida bo'ladigan ushbu saralash bosqichida Jahon chempionatining yakuniy ikkita yo'llanmasi o'z egasini topadi.
Iroq – BAA 2:1 (Dastlabki o'yin: 1:1)
Gollar: Kayo 52', Mohanad Ali 66', Amir Al-Ammari 90+17'