
Qatarda U-17 Jahon chempionati 1/8 final o‘yinlari davom etmoqda.
Braziliya o‘smirlar terma jamoasi bu bosqichda Fransiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida "pentakampeonlar" aniqroq harakat qilishdi - 4:3.
Braziliya chorak finalda Marokash - Mali o‘yini g‘olibi bilan uchrashadi.