
Uchrashuv davomida o'zbekistonlik futbolchilar ko'p marta maydonda sirpanib ketishdi, bunga plastmassa tishli butsalar sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Murabbiy ushbu holatga izoh berdi va muammoga aynan butsalar sababligini tasdiqladi.
"Terma jamoani qabul qilib olganimda ham bu narsaga qarshi kurashganmiz. Terma jamoa azosida 2-3 juft butsa bo'lishi shart deb doim aytib kelamiz. Har xil maydon bo'ladi, sharoit har xil. Bu to'g'risida juda ko'p marta ogohlantirganmiz, agar mening gaplarim noto'g'ri bo'lsa, biror futbolchi chiqib gapirsin. Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Bugun o'yin davomida yarim jamoa oyog'ida turolmadi. Uchinchi golda ham futbolchi oddiy holatda yiqilib tushdi. Bu holatlar baribir o'yinga tasir ko'rsatdi. Xayronman, futbolchilarga buni takror va takror aytganmiz. Bu etibordan chetta qoldiriladigan narsa emas. Futbolchilardan doim professionallikni talab qilamiz, ammo bugun shunday narsa sodir bo'ldi", -deydi Islom Ismoilov.
