iks
ads

Rafinya "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 22:48
  • 1526
  • 30

Qanot hujumchisi sentyabr oyining oxiridan beri o'ynamayapti

Rafinya "Barselona"ning asosiy guruhida mashg'ulotlarni qayta boshladi. Rafinya maydonga qaytishga yaqinlashmoqda. "Barselona" klubi vingeri bugun terma jamoalarga chaqirilmagan futbolchilar bilan birga asosiy guruhda mashq qilganini malum qildi.

Braziliyalik futbolchi son orqa mushaklarining jarohati sababli sentyabr oyining oxiridan beri maydonga tushmagandi. Oktyabr oyida jarohat yana qo'zg'aldi.

Rafinya joriy mavsumda La Liganing 6 ta o'yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар