
Superliga
29-tur
"Andijon" – "Xorazm" 3:2 (LIVE)
Andijon. "Bobur Arena". 18:15
Gol: Doniyor Abdumannorov (Bektemir Abdumannonov) 25', Ismoil Akinade (Usmonali Ismonaliev) 28', Abdulvohid G'ulomov (Bektemir Abdumannonov) 43' – Asadbek Saitxonov (Diyorbek Ortiqboev) 45', Xazrat Tursunqulov (Abror Xo'sinov) 65'
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Sherzod Azamov
Zaxira hakami: Alisher Abduvahidov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Komissar: Qudrat Madraimov
"Andijon": 12.Mohirbek Komilov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.Ismoil Akinade (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 71), 8.Shahzod Azmiddinov, 18.Damir Temirov (10.Ilhom Abdig'aniev, 58), 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Doniyor Abdumannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 71), 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 14.Abdurahmon Komilov, 33.Oleg Zoteev, 99.Muhammadali Usmonov.
"Xorazm": 12.Sardor Qobuljonov (1.Mashhurjon Muhammadjonov, 46), 2.Diyorbek Ortiqboev, 3.Ravshanbek Sultanov, 4.Farruhjon Ibrohimov, 7.Temurbek Ismailov (77.Sunnatulla Abdullajonov, 67), 8.Xazrat Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (79.Azizjon Axrorov, 69), 10.Murodbek Bobojonov (99.Shahrom Samiev, 46), 18.Iskandar Shayqulov, 22.Asadbek Saitxonov (11.Humoyunmirzo Iminov, 46), 88.Abror Xo'sinov.
Zaxira: 15.Vladimir Bubanya, 20.Danila Ejov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 30.Odamboy Olimov.
Ogohlantirish: Doniyor Abdumannopov (66).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
71. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Abdumannopov o'rniga Sulaymonov, Akinade o'rniga Jo'raqo'ziev bahsni davom ettiradi.
69. "Xorazm"da almashtirish: Azimov o'rniga Axrorov maydonga tushdi.
67. "Xorazm"da o'zgarish: Ismailov o'rniga Abdullajonov o'yinga qo'shildi.
66. Abdumannopov Tursunqulovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.
65. GOL! Tursunqulovning kuchli zarbasidan keyin Komilov ojiz qoldi — 3:2!
63. Ismonalievning pasidan keyin Abdumannopov katta masofani bosib o'tganiga qaramay, to'p yakunda baribir xorazmliklar ixtiyoriga o'tdi.
60. Ismailov Akinadening yuziga tepib yubordi — shifokorlar legioner hujumchiga yordam ko'rsatdi.
58. "Andijon"da almashtirish: Temirov o'rniga Abdig'aniev bahsni davom ettiradi.
56. Bu gal Temirov hujum vaqtida Ibrohimovni yiqitishga majbur bo'ldi va hushtak chalindi.
54. Jasur Azimov to'p uchun kurash chog'ida G'ulomovni itarib yubordi va hujumda fol qayd etildi.
52. Zarbaa! Tursunqulovning chap oyoqdagi kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
48. Zarba! Ismailovning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Xorazm"da 3 ta o'zgarish: Qobuljonov o'rniga Muhammadjonov, Bobojonov o'rniga Samiev, Saitxonov o'rniga Iminov tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 3:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
45. GOL! Ortiqboevning qanotdan oshirib bergan to'pini Saitxonov darvozaga kiritdi — 3:1!
43. GOL! Abdumannonovning pasidan keyin G'ulomov deyarli penalti nuqtasidan chap oyoqda zarba berib, hisobni yiriklashtirdi — 3:0!
38. Bobojonov ichkarida to'pni qabul qilib olib qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq to'p forvardga bo'ysunmadi...
32. Mezbonlar hisobda oldinda borayotganiga qaramay, mehmonlar to'p nazorati bo'yicha ustun ekan: 40% ga 60%
28. GOL! Ismonalievning pasidan keyin Akinade darvoza chap tomonini poyladi va hisobni oshirdi — 2:0!
27. VAR golni o'rganib chiqdi va uni hisobga oldi.
25. GOL! "Andijon" qarshi hujumdan unumli foydalandi: Abdumannonov Abdumannopovni qulay pas bilan taminladi, u esa to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi — 1:0!
22. Zarba! Ortiqboevning zarbasidan keyin to'p jamoadoshi Tursunqulovga tekkan holda darvozabonga etib bordi.
21. Azmiddinovning havodan oshirib bergan to'pini xorazmlik himoyachilar uzoqlashtirdi.
18. Uuux! Abdumannopov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Hamidjonovni qulay pas bilan taminladi, himoyachining zarbasi o'ta muvaffaqiyatsiz chiqdi, bu yoqda darvozabon Qobuljonov sakrab ham bo'lgandi...
17. Abdumannonov o'ziga xos fint orqali sherigini oldinga boshlashga urindi, ammo sherigi Abdumannopov uni tushunmadi va to'p ham maydondan chiqib ketdi.
15. Uuux! Darvozabon Mohirbek Komilov to'pni qabul qilib olish chog'ida hujumchini aldadi, xavfli, ammo mohirona aldash.
11. "Andijon"ning oldindagi ishlari yurishmayapti, so'nggi pasni uzatishda xatoliklar ko'p.
7. Zarba! Bobojonovdan to'pni qabul qilib olgan Tursunqulov biroz ichkariga kirdi va zarba berdi, Komilov o'z o'rnida!
5. Xo'sinov Akinade bilan havodagi kurashda biroz jabrlandi, shifokorlar unga yordam ko'rsatdi.
3. "Andijon"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov jamoadan shoshmasdan o'ynashni so'ramoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.