
- O'yin haqida fikringiz?
- Chempionatning yana bir turini o'tkazdik. Odatdagidek bahsni yaxshi boshladik, to'p bilan ko'proq muomala qildik. Ammo birinchi taymdagi uchala golni ham o'zimizga o'zimiz olib keldik. Raqib ortiqcha qiyinchiliksiz gollar urdi. Bu nima bilan bog'liq? Birinchidan mavsum yakuni, ikkinchidan esa safimizda jarohat olganlar ko'p. Afsuski, zaxira o'rindig'imiz uzun emas. Ikkinchi taym futbol o'ynay olishimizni va gol ura olishimizni ko'rsatdik. Rahbariyatga jamoani Superligada olib qolamiz deb vada berganmiz. Shunday ekan, oxirigacha kurashamiz. Buyog'iga oxirgi tur va pley-offga munosib tayyorgarlik ko'ramiz.

- Darvozabon Sardor Qobuljonovning birinchi taymdan keyin almashtirilishi uchta gol o'tkazgani bilan bog'liqmi?
- Yo'q, gap bunda emas. Sardor anchadan beri o'ynamayotgandi, shu bois imkon berdik. Vaholanki, u tajribali darvozabon va buni hamma biladi. Shunchaki biz birinchi taymdagi uchta gol sabab darvozabonni almashtirishga qaror qildik va uning o'rniga Mashhur Muhammadjonov o'yinni davom ettirdi. Menimcha, har qanday darvozabon uchun uchta gol o'tkazish og'ir zarba hisoblanadi. Biz vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik, xolos.
- Vladimir Bubanya bugun zaxirada qoldi.
- Faqat Bubanya emas, Abbos Otaxonov ham diskvalifikaciya sabab bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Bubanyaga kelsak, u o'yindan oldin o'zini biroz yomon his qila boshladi. Uning jarohati og'rib qoldi. Shu bois tavakkal qilmadik. Aytib o'tganimdek, buyog'iga harakatimiz jamoani pley-offga tayyorlashga qaratiladi. Mavsum oxiri, ko'pchilikda charchoq bor. Lekin oxirigacha kurashamiz.