iks
ads

Akmal Shorahmedov: "Natijadan qoniqdim, lekin o'yindan emas"

  • Mr.NoBoDy 21.11.2025 22:16
  • 215
  • 30

Superliga 29-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Xorazm" (3:2) uchrashuvidan so'ng "Andijon" jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bu o'yin har ikkala jamoa uchun juda muhim edi. "Xorazm" uchun ham oxirgi imkoniyat ekanligini bilardik. Shu bois bahs o'ziga yarasha murakkab kechdi. Yarim himoyada muammolarimiz ko'pligi bois ikkinchi taymda qiyinchilikka duch keldik. O'zim kamdan kam o'yindan qoniqaman, garchi g'alaba qozongan bo'lsak-da, hali qiladigan ishimiz ko'p. Superligada qolish uchun, qolaversa Osiyo chempionlar ligasida yutish uchun ko'p ishlashimizga to'g'ri keladi. Yanada yaxshi o'yin ko'rsatishimiz shart. Bu haqda o'yindan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga ham aytdim.

- Ikkinchi bo'limda jamoangiz erta himoyaga o'tib oldi. Shunday bo'ldiki, Islom Mamatkazin maydonga tushgach, jamoa 5 kishi bo'lib himoyalandi.

- To'g'risi, oldinda o'yinimizni kuchaytiradigan boshqa hujumchi yo'q. Yoshlar bor, lekin mening fikrimcha, ular ayni paytda bizga yordam bera olmaydi. Superliga o'z nomi bilan kuchli musobaqa, bu erda baquvvat futbolchilar ko'p. Shuning yosh futbolchini maydonga tushirgandan ko'ra, beshta himoyachi bilan o'ynaganimiz afzal deb o'yladim. To'g'risi, oxirgi daqiqalarda faqat natija uchun o'ynadik.

- Bektemir Abdumannonov vinger hisoblanadi. Lekin bugun markazda harakat qildi. Bu nima bilan bog'liq?

- Yarim mavsumdan beri shu erda ishlab kelayotgan bo'lsam, Bektemirning mashg'ulotdagi harakatlarini ko'rib o'rtada yaxshiroq o'ynaydi deb yurardim. Bu haqda uning o'zidan ham so'raganman. Bektemir menga "Olimpik"da o'rtada to'p tepganini aytdi. Abdukarim Toirov to'rtinchi sariq kartochkasini olganidan keyin bu o'yinda ishtirok eta olmasdi. Shu bois oxirgi ikki kun Bektemirni shu chiziqqa tayyorladik. Bizga maydon markazida tezkor, kreativ futbolchi nihoyatda zarur. 

- 26 noyabr kuni "Andijon"ni juda muhim bahs kutib turibdi. Jamoa o'z maydonida Turkmanistonning "Arqadag'" klubini qabul qiladi. Yana durang qayd etiladigan bo'lsa, jamoa guruhda qolib ketishi mumkin.

- Buni juda yaxshi bilamiz. Bugun tavakkal qilib uch nafar hujumchi bilan o'yinni boshladik. Lekin bu "Arqadag'" bilan ham shunday o'yin namoyish etamiz degani emas. Biz bu jamoaga qarshi boshqa taktikani o'ylab qo'yganmiz. "Arqadag'" o'yin tomonlama "Xorazm"dan kuchli emas. "Xorazm"da texnik kuchli futbolchilar ko'proq, lekin "Arqadag'"da jismonan baquvvat o'yinchilar ko'p.

- Bugun "Andijon" safida Abbos Abdug'afforov debyut uchrashuvini o'tkazdi. U haqda fikringiz?

- Tayanch yarim himoyasida futbolchilarimiz deyarli yo'q. Abbosni U-21dagi o'yinlarini ko'rib asosiy tarkibga jalb qildik va unga ishonch bildirdik. Men o'zimga yoqqan futbolchini maydonga tushirishdan umuman qo'rqmayman.

Ўхшаш янгиликлар