
Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Unda chorak finalda Shveysariyani yenggan Portugaliya (2:0) Marokashdan ustun kelgan Braziliya (2:1) bilan o‘ynaydi.
Osiyoning so‘nggi vakili Yaponiyani turnirdan chiqarib yuborgan Avstriya esa Burkina-Fasoni mag‘lub etgan Italiya bilan to‘qnash keladi.
O‘yinlar 24 noyabr kuni o‘tkaziladi.