Barcha gollar o'yinning ikkinchi bo'limida urildi. Dastlab Alvares va Aleksandr Serlot gol urdi. Ammo, mehmonlar iroda namoyish etib, g'alabani ilib ketdi. Lamin Yamalning bergan zarbasi rikoshet sabab Oblak qo'riqlayotgan darvozaga kirib ketdi. O'yin yakunlanayotgan payti Ferran Torres raqibning xatosidan unumli foydalandi.