iks
ads

OCHL-2. "Andijon" ketma-ket beshinchi uchrashuvda durang o'ynadi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

  • Mr.NoBoDy 26.11.2025 20:48
  • 231
  • 30

"Andijon" hamda "Arkadag'" o'rtasida o'tkaziladigan OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasining 5-tur o'yini bo'lib o'tdi.

OFK Chempionlar ligasi 2, 5-tur

"Andijon" (O'zbekiston) – "Arqadag'" (Turkmaniston) 1:1 (TUGADI)

Andijon. "Bobur Arena" stadioni

Bosh hakam: Abdullah Jamali (Kuvayt)

Yordamchi hakamlar: Ali Jraq, Saud Alshemali (ikkalasi – Kuvayt)

To'rtinchi rasmiy: Maher Alali (Livan)

Nazoratchi: Hassan Kamranifar (Eron)

Komissar: Mixail Tolkachyov (Qirg'iz Respublikasi)

Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov

Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov

Gol: Ismael Akinade (Abduvohid G'ulomov) 63, 1:0, Didar Durdiev 68, 1:1

"Andijon": 12.Moxirbek Komilov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Ismail Akinade, 8.Shahzod Azmiddinov, 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Doniyor Abdumannopov (11.Otabek Jo'raqo'ziev,65), 26.Muhammadkarim Toirov (4.Islombek Mamatkazin,87), 27.Kristian Novak, 33.Oleg Zoteev, 71.Bektemir Abdumannonov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Abubakir Ashurov, 3.Sunnatulloh Xamidjonov,  9.Saidumarxon Saidnurullaev, 10.Ilhomjon Abdug'aniev,  14.Abdurahmon Komilov, 28.Bekzod Sulaymonov, 70.Abbosbk Abdug'afforov, 88.Shohjahon Yorqinboev, 99.Muhammadali Usmonov.

"Adkadag'": 22.Chariev Rasul, 2.Guychimirat Annaguliev, 4.Mekan Saparov, 11.Didar Durdiev (9.Esenov Gurbanmuhammet,75), 12.Ibraim Mammedov, 13.Velmirat Ballakov (6.Bayram Ataev,84), 17.Mirza Beknazarov, 20.Arzuguli Saparguliev, 27.Yazgilich Gurbanov ( 23.Berdimirat Rejebov, 90+4), 77.Shamammet Xidirov, 88.Ahmet Ataev (10.Resul Xojaev,75)

Zaxira: 1.Rustem Axalliev, 16.Seyran Ashirov,  7.Altimirat Annadrdiev, 8.Ixlas Saparmammedov,   18.Bagtiyar Agabaev, 19.Begench Akmamedov,25.Ilyas Chariev, 33.Diyargilich Urazov.

Ogohlantirish: Ismael Akinade ("Andijon") 64

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90. "Andijon"dan ketma-ket zarbalar. Omad etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'ZGARISH. "Andijon", Muhammadkarim Toirov o'rniga Islam Mamatkazin tushdi.

84. O'ZGARISH. "Arkadag'", Velmirat Ballakov o'rniga Bayram Ataev tushdi.

78. O'yinda temp tenglashdi. 

75. O'ZGARISH. "Arkadag'", Ahmet Ateev o'rniga Resul Xojaev, Didar Durdiev o'rniga Gurbanmuhamet Esenov tushdi.

71. Akinadening uzatma sifat zarbasini raqib posboni qaytardi. 

68. GOL. "Arkadag'" hisobni tenglashtirdi. Didar Durdiev jamoadoshining uzatmasini yaqin burchakka yo'lladi, 1:1

67. GOL. Lekin Usmonali Ismonaliev gol urgandi. Lekin o'yindan tashqari holat. 

65. O'ZGARISH. "Andijon", Doniyor Abdumannopov o'rniga Otabek Jo'raqo'ziev tushdi.

64. OGOHLANTIRISH. Ismael Akinade, "Andijon"

63. GOOOOOL. Ismael Akinade boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Andijon"ning xalqaro maydondagi ilk goliga Akinade mualliflik qildi, 1:0

60. Doniyor Abdumannopov katta tezlikda oldinga o'tdi. Yakun etishmadi. 

52. "Andijon" golli vaziyat yaratdi. Abdumannonov va Ismonaliev bu vaziyatni yaratishdi.

50. Yana mehmonlardan hujum. Zarba noaniq.

46. "Andijon" darvozaboni Mohirbek Komilov raqib futbolchisining zarbasini qaytardi. 

46. Birinchi "burgutlar" ustunligida o'tdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

35. ZARBA. Akinadedan to'pni qabul qilib olgan Bektemir Abdumannonov zarba berdi. Noaniq.

30. Ustunlik to'liq "Andijon" jamoasida. 

26. "Andijon"dan ketma-ket golli vaziyatlar. Abdumannopovning zarbasidan so'ng jarima maydonchasi ichida to'p raqib futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi. Mezbonlar bosimni oshirdi.

20. Raqib futbolchisi Abduvohid G'ulomovga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

14. ZARBAA. Doniyor Abdumannopovning zarbasini Rasul Choriev qaytarishda qiynaldi. 

8. "Andijon" jamoasi ilk daqiqalardan to'pni nazorat qilishga harakat qilyapti.

- O'yin boshlandi.

-  Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Ўхшаш янгиликлар