O'yin haqida
— O'yin qiziqarli o'tdi. Afsuski, biz g'alabaga erisha olmadik, hatto durang ham qayd eta olmadik. O'z muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lishimiz alamli, biz ko'prog'ini kutgandik. O'yin boshida harakatlarimiz o'xshamadi, ammo so'ngra birinchi taymning oxirigacha o'yinni qo'lga oldik. Hisob teng bo'lib turganda hattoki bizda oldinga chiqib olishga imkon bo'lgandi, ammo aksincha, o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. O'yinda g'alabani kutgandim. Ammo, butun o'yin davomida konsentraciyani yo'qotmaslik kerak edi. Hali barchasi o'z qo'limizda.
— Bugun "So'g'diyona" hal qiluvchi pallada yaxshi ko'rinmadi. Buning sabab nimada deb o'ylaysiz?
— Fikringizga qo'shilaman. Ammo, ikkita to'p kiritdik. Vaziyatlarni golga aylantirish bo'yicha ishlaymiz. Doriev bugun ikkita to'p kiritdi, boshqalar ham gollarda ishtirok etishi kerak.
— Bugun darvozabonning o'yinini qanday baholaysiz?
— Hech qachon nolimayman. O'tgan turda "Nasaf"ga qarshi o'yinda jarohatdan tiklanganlar maydonga chiqdi, ammo ular tayyor emasdi. Doriev, Andreev, Jorjevich... Mitrovich esa kasal edi. Savolingizga kelsak, jamoa yutadi, jamoa mag'lub bo'ladi.
— Menimcha, bugungi o'yinni zaxiralar hal qildi. "Navbahor" safida zaxiradan tushgan o'yinchilar bahs taqdirini hal qildi, ammo "So'g'diyona"da bunday holatni kuzatmadik.
— Ha, statistikaga qarasak, raqibning zaxiradan tushgan o'yinchisi gol urgandik. Ammo, hozirda barchaning ham jismoniy holati bir xil emas. Bizda asosiy o'yinchilar bilan bog'liq muammolar bor edi. Masalan, Doriev o'yin so'nggicha tempga turib bera olmadi. Bu mavsum boshlanishi, bu ustida ishlaymiz.