iks
ads

Shevchenko: “Eng muhimi - pley-offdan o'tib, JCH–2026 yo'llanmasiga ega chiqish”

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 09:32
  • 274
  • 30

Ukarina futbol associaciyasi prezidenti Andrey Shevchenko Ukraina uchun Jahon chempionati–2026 qurasi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz uchun eng asosiy kutilma — pley-off orqali jahon chempionatiga chiqish. Shu bois birinchi navbatda aynan shu o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rish kerak. Guruh masalasiga kelsak, raqiblar kuchli ekanligi ayon, ammo bosh maqsad — avvalo, jahon chempionatiga yo'l olish", — dedi Shevchenko “Suspilne Sport”ga bergan intervyusida.

— Demak, ehtimoliy raqiblar ro'yxati hozircha siz uchun ahamiyatli emas?

— Hozir buning katta ahamiyati yo'q. Avvalo, yo'llanmani qo'lga kiritishimiz shart. Shundan keyin guruhni tahlil qila boshlaymiz. U erda yaxshi jamoalar to'plangan, bugun hamma futbol o'ynaydi. Lekin yana takrorlayman: eng muhim vazifa — Jahon chempionatiga chiqish.

5 dekabr kuni Vashington shahrida JCH–2026ning final bosqichi uchun qura tashlandi. Ukraina terma jamoasi pley-off orqali saralashdan o'tish imkoniyatini saqlab turibdi.

26 mart kuni Sergey Rebrov shogirdlari Shveciyaga qarshi o'ynaydi. Bu juftlik g'olibi Polsha — Albaniya bahsida zafar qozongan jamoa bilan finalda to'qnash keladi. Pley-off g'olibi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

Agar Ukraina saralashdan o'ta olsa, ehtimoliy guruhda Niderlandiya, Yaponiya va Tunisga qarshi to'qnash kelishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar