iks
ads

Kolumbiya bosh murabbiyi: "Mundialga futbolchilar eng yaxshi holatda kelishi uchun tayyorgarlik ko'ramiz"

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 10:56
  • 416
  • 30

Kolumbiya bosh murabbiyi Nestor Lorenso JCH-2026 qura natijalari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya "K" guruhida Portugaliya, O'zbekiston va pley-off g'olibi bilan kuch sinashadi.

"Joriy yil saralashning dastlabki ikki o'yinida Braziliyaga yutqazdik, keyin esa yil davomida yaxshi natija ko'rsatdik: beshta g'alaba va to'rtta durang – bu ijobiy natija. Umid qilamanki, jamoa sifatida rivojlanishni davom ettiramiz. 

Tayyorgarlik uchun kam vaqtimiz bor, musobaqadan oldin 20 kunlik yig'in o'tkazamiz. Mundialga futbolchilar eng yaxshi holatda kelishi uchun malum tayyorgarliklarni ko'rishimiz kerak. 

Qaerda o'ynashimizdan qatiy nazar, barcha tashkiliy masalalarni hal qilamiz",  dedi 59 yoshli mutaxassis.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar