iks
ads

Flik: “Lamin Yamal hozir hayratlanarli darajada o'sish ko'rsatyapti”

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 09:56
  • 436
  • 30

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa hujumchisi Lamin Yamalning o'yini haqida yuqori fikr bildirdi.

"Biz doim o'yinchilarni himoya va hujum nuqtayi nazaridan baholaymiz. U juda yaxshi o'ynayapti. "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda o'ziga xos intensiv pressing ko'rsatdi. O'yini sezilarli darajada yaxshilangan. Bugungi mashg'ulotda ko'rganlarim… menga juda yoqdi. Bu haqiqatan ham ajoyib edi. Lamini "Barselona"da shunday darajada ko'rish meni quvontiradi, chunki u doim rivojlanishga intilgan.

Yamal bitta raqibni aldab o'tgach, engil teginishdandan keyin yiqilishni o'ylaydigan futbolchilardan emas. U har doim pas berish yoki navbatdagi o'yinchini ortda qoldirishni istaydi», — deb yozadi Football Espana Flikning so'zlarini.

Joriy mavsumda Lamin Yamal barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta gollik pas berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar