iks
ads

Portugaliya bosh murabbiyi: "O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori"

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 10:24
  • 310
  • 30

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 qura natijalari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya "K" guruhida Kolumbiya, O'zbekiston va pley-off g'olibi bilan kuch sinashadi.


"Endilikda qura natijalariga ko'ra tayyorgarlikni boshlashimiz mumkin. Biz o'z guruhimizdan mamnunmiz, chunki qura bizga birinchi o'yinni 17-iyunda o'tkazish imkonini beradi. Bu esa tayyorgarligimizga aniq yo'nalish beradi. Dastlab pley-off bosqichidan o'tgan jamoaga qarshi o'ynaymiz, shuning uchun raqibimiz qaysi mamlakat bo'lishini hozircha bilmaymiz. Biroq Kolumbiya va O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori. Ular jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rgan va jiddiy raqobatchi bo'lgan jamoalardir", dedi 52 yoshli mutaxassis.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar