
"Hammamiz juda xafamiz. Nimadir etishmadi. O'ylashimcha, birinchi taymda juda yaxshi o'ynadik va bu bizga 1:0 hisobida oldinga chiqish imkonini berdi. Ammo bu ustunlik etarli bo'lmadi. Biz hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Hammamiz bilamizki, bunday o'yinlarda natijani eng kichik detallar hal qiladi. Va aynan shunday ham bo'ldi", – dedi Rodrigo.
"Real" 12 ochko to'plagan va Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. La Ligada esa madridliklar 2-o'rinda, etakchi "Barselona"dan 4 ochko orqada bormoqda.